AQŞ prezidenti Barak Obama juma kuni mamlakatning 2017-moliya yili uçun harbiy byudjyeti qonunini imzoladi. Bu haqda Oq uy xabar berdi.
Bayonotda ta'kidlanişiça, uşbu hujjat “birinçi navbatda mudofaa vazirligi dasturi va harbiy quriliş bilan boğliq loyihalar böyiça sarf-xarajatlarni nazarda tutadi. Şuningdek, energetika vazirligining milliy xavfsizlikni ta'minlaş bilan boğliq loyihalarini ham öz içiga qamrab olgan”.
Byudjyetda 4,3 milliard dollar “Rossiyani bosib turiş” uçun ajratildi. Şu bilan bir qatorda, Pentagonga Ukraina mojarosi hal etilmagunga qadar Moskva bilan hamkorlik uçun mablağlarni işlatiş taqiqlandi. Şuningdek, Rossiyaning Qrim ustidan boşqaruvini tan oluvçi barça körinişdagi harakatlar ham man etildi.
Qabul qilingan qonun prezidentga inson huquqlari va korrupsiya bilan boğliq istalgan davlat fuqarolariga nisbatan sanksiya kiritiş imkonini beradi. Qöşma Ştatlardagi mol-mulki ham musodara etiladi.
Bundan taşqari, hujjat Suriyadagi muxolifatga qurollar, xususan zenit-raketa majmualarini yetkazib berişni ham közda tutgan. Harbiy byudjyetda Ukrainaga 350 million dollar miqdorida yordam beriş ham belgilandi.
Mamlakatning mudofaa sohasiga sarf-xarajatlari NATOni Şarqiy Yevropada qöllab-quvvatlaş va Yaqin Şarqdagi harbiy amaliyotlarni ötkazişni ma'qullaşga ham möljallangan.
Şuningdek, tasdiqlangan xarajatlar raketaga qarşi mudofaa global tizimini ham nazarda tutgan.












