Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev Özbekiston Respublikasiga amaliy taşrifi doirasida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan birga Jomboy tumanidagi «Man Auto-Uzbekistan» zavodiga taşrif buyurdi. Bu haqda, Qirğiziston davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Davlat rahbarlari uşbu taşrif çoğida özbek-german qöşma korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanişişgan hamda uşbu zavodda işlab çiqarilayotgan texnika namunalarini körişgan.
Prezident Almazbek Atambayev va Prezident Şavkat Mirziyoyev, şuningdek, Özbekistonda işlab çiqariladigan xalq iste'moli mollari, tekstil va avtomobil sanoati mahsulotlari yarmarkasiga ham taşrif buyurişgan.






















