Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 55 yoşga töldi. Şu munosabat bilan mamlakat rahbariga köplab davlat yetakçilari samimiy qutlovlar yöllaşdi.
Aliyev mamlakat rahbari lavozimiga 13 yil avval, öz otasi – Haydar Aliyevning örniga kelgandi. Şundan söng ozar xalqi unga yana ikki bor işonç bildirgan.
U 42 yoşida prezident bölgaç, öz otasi Haydar Aliyevning işini davom ettirib, mustaqil Ozarboyjonni yanada rivojlantirdi hamda erkin iqtisodiyotga ega bölgan zamonaviy davlatga aylantirdi. Poytaxt Boku esa superzamonaviy şaharga aylandi.
Xalqaro kuzatuvçilarning fikriça, uning prezidentligi davrida mamlakatning siyosiy hayoti barqarorlaşdi. Ilhom Aliyevning birinçi prezidentlik muddatidayoq asosiy eksport quvurlari işga tuşirildi. Şuningdek, mamlakatda bu davrda iqtisodiy ösiş ham kuzatilgan – 2003-2010 yillarda 840 mingdan ortiq yangi iş örinlari yaratildi, qaşşoqlikning rasmiy darajasi – 45 foizdan 11 ga tuşdi. Mamlakatning neftga boyligi ham bunga ta'sir körsatdi. Rasmiy ma'lumotlarga köra, 2015 yilda mamlakat iqtisodiyotidagi neft sanoati hajmi 30 foizni taşkil etgan.
Ma'lumot uçun, Ilhom Aliyev 1961 yilning 24 dekabr kuni Boku şahrida tavallud topgan. U Moskva Davlat xalqaro aloqalar institutini bitirgan bölib, uç farzandning otasi sanaladi: Haydar, Orzu va Laylo.












