Amerikalik tadqiqotçilar inson immuniteti eng muhim  hujayralarining faolligi quyoş nuri orqali boşqarilişini aniqlaşdi. Bu zamonaviy hayot tarzi inson immunitetining tölaqonli faoliyat yuritişiga tösqinlik qilişini bildirişi mumkin. Scientific Reports jurnalida şu mavzuda maqola çop etildi. 

Tadqiqotlar davomida mutaxassislar quyoş nuri insonning  T-limfotsitlari harakatçanligini keskin kötarişini, T-limfotsitlar esa - inson immunitetining eng muhim qismi ekanini isbotlab berişdi. Ular begona antigenlarni taşuvçi hujayralarni (deyarli barça "yov" hujayralarni) izlaş, aniqlaş va yöq qilişni ta'minlaşadi. Saraton hujayralari bilan ham aynan ular kuraş olib borişadi. Tadqiqotçilarning ta'kidlaşlariça, quyoş nuridagi körinuvçi kök yoruğlik bilan nurlaniş vaqtida T-limfotsitlarda vodorod peroksidi hosil böladi. U biokimyoviy jarayonlarni, şu jumladan T-limfotsitlar harakatini faollaştiradi va bu kasalliklarni keltirib çiqaradigan "yov" hujayralarini topib, ularni yöq qilişga yordam beradi. 

Inson taraqqiyot asriga qadar quyoşdan yetarliça kök rangdagi yoruğlikni olgan. Bugun esa u deyarli yopiq inşootlarning içida yaşaydi, tabiiyki, bu quyoş nuri yetişmovçiligiga olib keladi. Bu teridagi T-limfotsitlar harakatlari va kasalliklarni qözğatuvçilar bilan kuraşiş sekin keçişidan dalolat beradi. 

Tadqiqotçilarning sözlariga köra, agar kök rangdagi yoruğlik bilan nurlaniş organizmga salbiy ta'sir körsatmasa, uni immunitetida muammosi bölgan kişilarga nisbatan qöllaş mumkin. Olimlar şuningdek közning xiralaşişi aynan quyoşda kam yurişning oqibati ekanligini taxmin qilişmoqda. Bir neça oy ilgari kök rangdagi nurning jarrohlik amaliyoti vaqtida inson içki organlariga ziyon yetişidan himoyalaşi ham aniqlangan edi.