Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev Özbekistonga taşrifi davomida mamlakat Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşib, Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi. U Samarqand şahriga bugun kelmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti qirğiz davlat rahbari ma'muriyati vakiliga asosan.

“Almazbek Atambayevning Özbekistonga 24 dekabr kuniga möljallangan işçi taşrifi doirasida Prezident Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuv ötkaziladi. Unda davlat rahbarlari bir qator ikki tomonlama masalalarni muhokama etişadi”, - deya aytib ötdi agentlik suhbatdoşi.

Qirğiziston rahbari devonining taşqi siyosat bölimi boşliği Sapar Isoqovning ma'lum qilişiça, Atambayev Şavkat Mirziyoyev tomonidan Prezident sifatida qabul qilinadigan birinçi xorij davlat yetakçisi böladi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning oktabr oyida Qirğiziston boş vaziri birinçi örinbosari Muhammadqalim Abulğoziyev boşçiligidagi hukumat delegatsiyasi Özbekistonning Andijon şahriga kelgandi. Keyinroq esa Özbekiston boş vaziri örinbosari Adham Ikromov boşçiligidagi delegatsiya ham uşbu davlatga taşrif buyurdi.