AQŞ prezidenti etib saylangan Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putindan maktub olganini ma'lum qildi.

Tramp ştabida aytilişiça, 15 dekabrda olingan maktubda Putin Rossiya va AQŞ ikki tomonlama munosabatlarni tiklaş uçun sermazmun qadamlarni qabul qilişiga va xalqaro sahnadagi hamkorlikni yangi sifat darajasiga olib çiqişiga umid bildirgan. 

Maktubda aytilişiça, Moskva va Vaşington örtasidagi munosabatlar zamonaviy dunyoda barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlaşda muhim omil bölib qoladi va oxirgi yillardagi global va mintaqaviy jiddiy çaqiriqlar buni isbotlaydi.

"Vladimir Putindan juda yoqimli maktub, uning ğoyalari juda töğridir. Men ikki tomon bu ğoyalarga amal qilişga qodir bölişlariga va biz muqobil yöldan borişimizga töğri kelmasligiga umid qilaman", deb izoh bergan Tramp maktubga.

Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya yetakçisi Trampga Rojdestvo va Yangi yil bayramlari munosabati bilan tabrik maktubi yuborganini tasdiqladi.