«Özbektelekom» Kun.uz'da çiqqan tanqidiy maqolaga javob xati yölladi
|14:14 / 24.12.201650 58311 min
Şu yil 21 dekabr kuni saytimizda «Mijoz emas, «Uzonline» har doim haqmi?» sarlavhasi ostida tanqidiy maqola e'lon qilingan edi. Unda, internet provayderlik xizmatini körsatuvçi kompaniya faoliyatiga oid ayrim nuqsonlar haqida söz borgandi. «Özbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi uşbu maqola yuzasidan tahririyatimizga tuşuntiriş maktubi yöllab, internet xizmatidagi nuqsonlar turli omillar boğliq bölişi mumkinligiga oydinlik kiritgan. Mazkur xatni siz öquvçilarga öz holiça havola qilişga qaror qildik!
Hurmatli KUN.UZ tahririyati!
«Özbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi mamlakatimizda AKT rivoji töğrisida materiallar e'lon qilib borayotganingiz, jumladan, telekommunikatsiya va Internet tarmoqlarining rivoji va abonentlarning internet tarmoğiga ulanişidagi muammolar haqidagi tanqidiy materiallar uçun Sizga minnatdorçilik bildiradi.
Joriy yilning 21 dekabr kuni www.kun.uz saytida «Mijoz emas, «Uzonline» har doim haqmi?» sarlavhasi ostida e'lon qilingan tanqidiy maqolani kompaniya rahbariyati va texnik xizmati mutasaddilari diqqat bilan örganib çiqdilar.
Biz xizmatlarimiz sifatini yaxşilaşga yönaltirilgan konstruktiv tanqidga juda ijobiy yondaşamiz, şu sababli mazkur maqola materiallari abonentlarga xizmat körsatiş va tarmoqqa kengpolosali ulaniş sifatini yaxşilaş maqsadida kompaniya mutaxassislari va texnik xizmati xodimlari tomonidan har tomonlama örganildi.
Sizning tarmoq naşringiz orqali kompaniya abonentlari bilan muloqot sifatida zamonaviy texnologiyalar yordamida Internetga ulaniş xizmatlarini körsatiş bilan boğliq ayrim masalalarga oydinlik kiritamiz. Internet tarmoğiga ulaniş imkonini beruvçi zamonaviy texnologiyalar öta murakkab dasturiy-apparatli komplekslarni öz içiga oladi, ularning işiga köplab qator holatlar, obektiv va sub'yektiv sabablar ta'sir körsatadi. Bu xizmat körsatayotgan provayder uskunalari va dasturiy ta'minotlar, “oxirgi nuqta” deb ataluvçi abonentlargaça ma'lumotlar uzatişni amalga oşiruvçi telekommunikatsiya tarmoqlari va albatta, xizmatdan foydalanuvçi abonentning öz şaxsiy uskunalari hamda imkoniyatlaridir.
«Mijoz emas, «Uzonline» har doim haqmi?» maqolasida muallif tezlik faqat provayderga boğliqligi va şartnomada qayd etilgan tezlik (oferta)da körsatilişi kerakligi haqida yozgan. Biz mazkur holatga oydinlik kiritişni xohlardik. Umumiy jihatdan, kengpolosali tarmoq xizmatlariga ulaniş tezligi va sifati bilan boğliq muammolarni körib çiqmoqçimiz.
Mavzuga oid
Faqat provayderga boğliq körsatkiçlar:
— provayder kanallarida yuklamalar köpligi;
— provayderning boğlamalar va sizning uyingizdagi uskunalari sifati;
— kabel sifati va uning xonadoningizga bolxona/yertöladan tortib ulanişi(birlaştirilişi);
— provayder tomonidan ijaraga berilgan tarmoq uskunalarining sifati.
Faqat abonentga boğliq körsatkiçlar:
— abonentga tegişli bölgan (router, qurilmalardagi tarmoq adapterlari) xonadondagi tarmoq uskunalarining sifati;
— abonent xonadonida ta'mirlaş davrida ötkazilgan kommunikatsiyalar (kabel, internet-rozetkalar, kabellarni ulanişi) sifati;
— abonent kompyuteri (noutbugi, planşeti, smartfoni) körsatkiçlari – masalan, Wi-Fi 802.11n standarti noutbuk adapteri Wi-Fi ni qöllab-quvvatlaşi;
— Internet tezligiga faol ta'sir körsatuvçi dasturiy ta'minot mavjudligi – masalan, antivirus yoki işlaydigan torrent-mijoz;
— kompyuterda yaşirin zarar keltiruvçi dasturlar (viruslar, troyanlar) mavjudligi.
Ma'lum bir saytlar kontentiga ulaniş tezligi pasayişining xosting sifati, u yoki bu resurs kanaliga ulanişni ötkaziş imkoniyatiga boğliq bölgan yana bir umumiy sababi mavjud. Bundan taşqari, Özbekistonda u yoki bu provayderga tegişli ayrim portal va saytlar (içki resurslar) raqobatdoş provayder abonentlari uçun ulaniş tezligini sun'iy ravişda çeklaydi yoki umuman ularga ulaniş imkoniyatini yopadi.
«Özbektelekom» AK tomonidan muntazam ravişda, butun mamlakatimiz böyiça telekommunikatsiya tarmoqlarining töla miqyosli modernizatsiyasi amalga oşirilmoqda. Doimiy ravişda Özbekistonda provayderlar uçun taşqi kanal kengaytirilib, provayderlar uçun Internet tarmoğiga ulaniş narxi 2016 yil davomida 1 Mbit/s uçun $157,60 dan $91,50 gaça 42 foizga tuşirildi, UZONLINE abonentlari uçun taşqi Internet kanal tezligi ikki barobarga oşirildi.
Bugungi kunda, muntazam ravişda abonentgaça misli ulanişni yanada işonçli optik-tolali aloqa liniyalari bilan almaştiriş işlari amalga oşirilmoqda. Faqatgina Toşkent şahrida FTTB texnologiyasi böyiça 6 mingta köp qavatli va xususiy uylar ulangan. www.uzonline.uz saytidagi «Xizmatlar va tariflar» bölimida manzillari bilan batafsil ma'lumotlar taqdim etilgan.
Kompaniya tomonidan abonentlar talab va ehtiyojlarini qondiriş, ularga qulayliklar yaratiş maqsadida joriy yilda quyidagi tadbirlar amalga oşirildi.
Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan 2016 yil 1 avgustdan 2016 yil 30 sentabrgaça “Life” tarif rejalaridagi abonentlarga kiriş trafigi yuqori çegarasining 25 foizi miqdorida bonus beriş hamda 2016 yil 16 avgustdan 2016 yil 10 sentabrgaça soat 00:00 dan 12:00 gaça 2 Mbit/s tezlikda “Night Unlim-25” bepul qöşimça xizmatini beriş böyiça aksiya ötkazildi.
FTTx texnologiyasi böyiça bir vaqtda ikki va undan ortiq keng polosali xizmatlariga ulangan yangi va mavjud abonentlarga “Homegeteway” terminal uskunasini bepul taqdim etiş» aksiyasi 2016 yilda davom ettirildi.
“Özbektelekom” AK Toşkent şahrida GPON texnologiyasi böyiça terminal uskunalari taqdim etilişi böyiça “Echo Life” aksiyasini e'lon qildi. Aktsiya iştirokçilariga Kompaniya hisobidan 200 metrgaça optik kabel va 3 oydan 5 oygaça imtiyozli tariflar asosida Internet xizmati taqdim etilmoqda.
2016 yil bir vaqtda amaldagi tarif rejalarining narxi doirasida 1 MB trafik narxi tuşirilişi bilan Internet tarmoğiga ulaniş tezligini oşiriş böyiça quyidagi çoralar amalga oşirildi:
- jismoniy şaxslar uçun Internetga ulaniş tezligi ommaviy tarif rejalari böyiça 1,5-2 marta oşirildi, kiritilgan trafik 10 foizga oşirildi, çeklanmagan trafik tarif rejalari trafikning boşlanğiç limiti 11-20 foizga oşirildi;
- Internet va Tas-IX tarmoğiga ulaniş tezligi , kiritilgan trafik hajmi 1 MB haqi tölangan trafik narxiga nisbatan yuqori tezlik bilan farq qiladigan “RUN” seriyasi tarif rejalari kiritildi;
- taşqi Internetga çeklanmagan trafik bilan qöşimça «NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» xizmatlari kiritildi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi bayramining nişonlanişi va Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi arafasida «Özbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi kengpolosali Internet xizmatiga ulaniş trafigi hajmi va tezligining oşişi haqida e'lon qildi. 2016 yil 1 dekabrdan jismoniy şaxslar uçun:
- «Life» («Life 4», «Life 5» va «Life 6») seriyasi tarif rejalari körib çiqildi va kiriş trafigi yuqori çegarasi limiti 1,5 marta hamda limitdan keyingi tezlik 2 barobarga oşirildi;
- kiriş trafigi yuqori çegarasi çeklanmagan “Life plus” va Internet tarmoğiga ulaniş tezligi kunu tunning turli vaqtlarida özgaradigan “Life time” tarif rejalari amalga kiritildi;
www.uzonline.uz saytida «texnik qöllab-quvvatlaş» bölimida mijozning kompaniya xizmatlaridan foydalanişi oson bölişi uçun internetga ulanişni taşkil etiş va sozlaş, modem, router va boşqa abonent qurilmalarini örnatişni sozlaş haqida dolzarb ma'lumotlar berib borilgan.
Telekommunikatsiya tarmoqlarini va kompaniya abonentlarini mamlakatimiz şaroitlarida samarali işlay oladigan zamonaviy, işonçli qurilmalar bilan ta'minlaşni yaxşilaş maqsadida, “Özbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi telekommunikatsiya uskunalari va dasturiy ta'minot işlab çiqaruvçi jahonning yetakçi korxonalari iştirokida qator qöşma korxonalarni taşkil etdi. Mazkur korxona mahsulotlari telekommunikatsiya tarmoqlarida, “Özbektelekom” AK abonentlari tomonidan keng foydalaniladi hamda kengpolosali multiservis xizmatlarini (IPTV, videotelefoniya, yuqori tezlikka ega Internet, ma'lumotlar uzatiş, HDTV kanallarini tomoşa qiliş imkoniyati va boşqalar) körsatiş imkonini beradi.
Butun mamlakatimiz mintaqalarida “Özbektelekom” AK axborot-kommunikatsiya xizmatlari böyiça foydalanuvçilarning sörovlariga tezkor javob beriş maqsadida, Çaqiriqlarga xizmat körsatiş yagona markazini joriy etiş loyihasi doirasida, şuningdek, davlat organlari va xöjalik sub'yektlari ehtiyoji uçun 13 ta koll-markaz taşkil etildi. Mazkur çoralar körsatilayotgan telefon va Internet xizmatlarini yuqori darajada sifatini kötarişga xizmat qiladi. Abonentlarga qulaylik yaratiş uçun 2014 yil 1 dekabrdan boşlab butun respublika böylab «Call-centre» xizmati 1084 – yagona telefon raqami kiritildi.
Hozirgi kunda Özbekistonda keçayu kunduz rejimida 280 dan ortiq nafar operatorlar abonentlarga xizmat körsatilmoqda. Call-markaz operatorlari maxsus öquv kurslarida malakalarini oşiradilar hamda yuklamalar oşişiga mutanosib ravişda, ularning soni ham oşirilib boriladi.
Abonentlar murojaatlari bilan işlaş kompaniya faoliyatining hamda Özbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining rivojlanişi böyiça eng muhim vazifa bölib hisoblanadi. Aynan şuning uçun 2016 yil noyabr oyida www.uztelecom.uz kompaniya saytida «Onlayn qabulxona» maxsus bölimi taşkil etildi, uning vositasida har bir abonent onlayn rejimida töğridan-töğri kompaniya rahbariyatiga yoki abonentlarga xizmat körsatilişi masalalariga boğliq har qanday savol böyiça murojaat etişi mumkin.
Biz kompaniya abonentlarini öz muammolari böyiça, şikoyat va takliflari bilan kompaniya «onlayn qabulxona»siga, kunu tun işlaydigan Sall-markaz bepul telefon raqamlari “1084” yoki kompaniyaning quyida körsatilgan http://uzonline.uz/ru/contacts/offices/ manzilida joylaşgan 160 dan ortiq UZTELECOM savdo ofislari istalganiga töğridan-töğri murojaat etişlarini sörardik.
Abonentlarimizga sifatli xizmat taqdim etiş va barça masalalarni darhol tezkor hal etiş tarafdorimiz.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi