«Biz 20 yil muqaddam Toşkentda mamlakatlarimiz örtasida abadiy döstlik şartnomasi imzolangan kunda uçraşib turganimiz ramziy ma'noga ega», - degan Qirğiziston davlat rahbari Almazbek Atamboyev Samarqand şahriga uyuştirgan amaliy taşrifi çoğida. 

«Ehtimol, qaysidir davrda bu haqda unutgandirmiz. Men ön yildan beri yaxşi biladiganim Özbekiston Prezidenti döstim va birodarim ekanidan xursandman. Bugun biz yubiley kunida yangi sahifa oçayapmiz. Va bu şartnoma şunçaki imzolangan sahifa bölib qolmaydi. Sizning rahbarlikka kelişingiz bilan bu bitim umuman boşqaça tus oladi», - degan Qirğiziston Respublikasi rahbari.
 
«Sizni Bişkekda kutamiz», - deb qöşimça qilgan Almazbek Atamboyev, özbekistonlik hamkasbi Şavkat Mirziyoyevga murojaat qilar ekan.