Qirğiziston Prezidenti Almazbek Atamboyev Samarqandga taşrifi vaqtida Şavkat Mirziyoyevni Özbekiston Prezidenti bölgani bilan yana bir marotaba tabrikladi. 

"Siz, men şunçaki taniş emas, balki inim deb hisoblaydigan odamsiz. Mening akam Sovet ittifoqi parçalangandan keyin Özbekistonga köçib ötgan, bir şaharçada oddiy öqituvçi bölib işlagan. Şunday bölganki, men uni deyarli 14 yil körmaganman. Aynan siz menga Toşkentda hadyalar olib kelgansiz, esimda", deb aytdi Atamboyev. 

"2007 yilda siz va men boş vazirlar bölganmiz. Men davlatlarimiz örtasida haqiqiy oğa-iniçilik munosabatlari bölişi kerakligini aytganman. Siz menga juda yaqinsiz", deb qöşimça qildi Qirğiziston Prezidenti.