Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Yevropa Ittifoqini qoçqinlar ehtiyoji uçun kiçik hajmda mablağ ajratayotgani uçun tanqid qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«YeI 1 iyulga qoçqinlarga 3 milliard yevro ajratişni va'da qilgandi. Biroq, hozir kunda atigi 677 million dollar berildi. Bu mablağlar Turkiya byudjyetiga kelmaydi, va ular Qizil Yarim oy hamda favqulodda vaziyatlar böyiça Boşqarmaga (turk bölimlari) berilgan pullardir. Ular xalqaro huquqni himoya qiliş taşkilotlari tomonidan kelgan. Biroq YeI 3 milliard dollar haqida gapirgandi. Bu pullar qayerda?» - dedi Erdöğan.

Prezidentning ta'kidlaşiça, «YeI mamlakatlari byudjyeti Turkiyadan ança köproqdir» hamda va'da qilingan mablağni ajratişdan boş tortiş blok davlatlari «insonparvalik, oğir ahvoldagi kişilarning taşvişi haqida öylamayotganidan» dalolat beradi.

«Bu haqda faqat Turkiya boş oğritmoqda. Biz qoçqinlarning ehtiyojiga özimizning 20 milliard yevro mablağimizni sarfladik. Örta yer va Egey dengizlarida joriy yilda halok bölgan deyarli 6 ming kişining ölimiga heç qanday e'tibor berilmadi. Bu borada heç qanday çoralar körilmadi», - deya xulosa qildi turk rahbari.