
Avval xabar berganimizdek, Qirğiz Respublikasi Davlat rahbari Almazbek Atamboyev amaliy taşrif Özbekistonda bölib turibdi. U taşrifini bevosita Samarqanddan şahridan boşladi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev Hazrati Xizr majmuiga taşrif buyurib, Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi va uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Islom Karimov ruhi pokiga Qur'on tilovat qilindi.




Söngra, Prezidentlar "JV MAN Auto-Uzbekistan" Özbekiston – Germaniya qöşma korxonasiga taşrif buyurdilar.
Oliy martabali mehmon qöşma korxonaning işlab çiqariş salohiyati va bu yerda yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.
Qirğiziston Respublikasi Prezidenti zamonaviy standartlarga muvofiq eng sönggi texnologiyalar bilan jihozlangan va mamlakatimiz avtomobil sanoatining muvaffaqiyatini namoyon etadigan uşbu korxona faoliyatini yuqori baholadi.

Oliy martabali mehmon zavod hududida mamlakatimizda işlab çiqarilayotgan zamonaviy yengil avtomobillar, yuk maşinalari, traktor va boşqa qişloq xöjaligi texnikalari bilan tanişdi.


















