Qirğiziston prezident Almazbek Atamboyevning Özbekistonga qilgan taşrifidan mamnun. Bu haqida prezidentning taşqi siyosat bölimi rahbari  Sapar Isoqovning sözlariga asoslanib, 24.kg sayti ma'lum qildi. 

"Samarqandga taşrifimiz yuqori darajada keçdi. Biz safar natijalaridan juda mamnunmiz. Ikki tomonlama muzokaralarda bugungi kundagi muhim bölgan deyarli barça masalalar muhokama qilindi", - dedi u. 
 
Ikki davlat rahbari uçraşuvi davomida aynan qanday loyihalar muhokama etilgani töğrisidagi savolga Sapar Isoqov şunday javob berdi: "Şuni alohida ta'kidlamoqçimanki, bizning munosabatlarimiz ijobiy tus olgan. Men muzokaralar yakunlari böyiça qöşimça brifing ötkazilgunga qadar bu haqida gapirişni istamasdim".
 
"Şu jumladan mintaqaviy loyihalar ham muhokama qilindi. Bizning xitoylik hamkasblarimiz Buyuk ipak yöli böyiça loyihalar taklif qilişdi. Masalan, u yerda uç tomonlama temir yöl quriş loyihasi bor. Özbek döstlarimiz XXRning bu ğoyasini qöllab-quvvatlaşdi. Umuman olganda, bu uç tomonlama formatda muhokama qilinadi", - deya qöşimça qildi Sapar Isoqov.