Sport | 16:34 / 25.12.2016
5923
2 daqiqa o‘qiladi

Klopp «Liverpul»ning chempionlik uchun imkoniyatlarini baholadi

«Liverpul» jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaning chempionlik uchun imkoniyatlari haqidagi savolga javob qaytardi.

U mersisaydliklarning uzoq vaqtdan buyon chempionlikni qo‘lga kirita olmayotganiga urg‘u qaratgan. Germaniyalik mutaxassisning fikricha, ushbu mavsumda jamoa APL chempioni bo‘lish uchun yaxshi imkoniyatga ega.

«Ha, «Liverpul» 1990 yildan beri chempion bo‘la olmayapti. Lekin hozir jamoada yangi avlod shakllandi. Biz keyingi 25 yildagi jamoa emasmiz.

Avvalgi o‘yinchilar qila olmagan ishni qilishga urinishimiz kerak emas, biz o‘z ishimizni bajarishimiz kerak. Keling, jamoani chempionga aylantiramiz. Biz yetarlicha yaxshimiz, klub yetarlicha buyuk. Bizda to‘g‘ri yo‘ldan borayotgan xo‘jayinlar bor. 

«Liverpul» xo‘jayinlari jamoa yetakchilarini ushlab qolishga urinib, to‘g‘ri qilishmoqda. Futbolchilar pul tufayli boshqa klubga o‘tib ketishmaydi. Ha, biz dunyodagi eng ko‘p maoshlarni to‘laydigan klub emasmiz. Shu bilan birga futbolchini olib qolish uchun yetarli pulga egamiz ham

Bu imkoniyatdan foydalanishimiz kerak. Jamoada haqiqatdan ham yorqin kelajak bor. Muammo shundaki, bizda boshqa bir necha kuchli jamoa ham bor. APLda chempion bo‘lish uchun yaxshi o‘ynashning o‘zigina yetarli emas, omad kerak. Jarohatlar bo‘lmasligi kerak», – deya Kloppning so‘zlarini keltirgan Sky Sports.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid