Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qora dengizda qulagan Tu-154 samolyoti 1983 yilda ishlab chiqarilgandi
Sochidan uchib chiqqach, Qora dengiz hududida qulab tushgan Tu-154 samolyoti 1983 yilda ishlab chiqarilgan samolyot edi. Bu ma'lumot Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlangan.
Qayd etilishicha, bu samolyot shu vaqtgacha 6689 soatni parvozda o‘tkazgan. Bort raqami RA-85572.
Tu-154 yo‘lovchi samolyoti Rossiyada eng ko‘p foydalaniladigan reaktiv samolyot hisoblanadi. Bunday samolyotlardan 1026ta ishlab chiqarilgan. Bunday samolyotlar ishtirokidagi halokatlar oqibatida 3000 kishi qurbon bo‘lgan.
2014 yilning dekabrida Tu-154 remont qilingan, 2016 yilning sentabrida esa xizmat qilishga tavsiya etilgan.
Bundan oldingi xabarlarda Sochi yaqinida qulagan Tu-154 samolyoti tajribali uchuvchi Roman Volkov tomonidan boshqarilgani aytilgandi.
25 dekabr tongida Sochidan Suriyadagi Hmeymim aviabazasiga tomon parvoz qilgan Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti radarlardan yo‘qolgani ma'lum bo‘ldi. Keyinroq samolyot qoldiqlari Sochi qirg‘oqlaridan 1,5 km ichkarida topildi.
Mavzuga oid
17:47 / 01.11.2025
O‘zbekistonlik qahramon: Sochidagi yong‘inda haydovchi yigit ona-bolaning hayotini qutqarib qoldi
17:47 / 03.08.2025
Rossiya Xersondagi ko‘prikka zarba berdi. Sochida esa ukrain dronlari hujumidan keyin neft baza yonib ketdi
11:32 / 01.07.2022
Putin Indoneziya prezidentiga u ilk bor Rossiyaga kelganini aytdi. Lekin ular olti yil avval Sochida uchrashishgandi
15:17 / 11.06.2022