Antuan Grizmann, «Atletiko»

Jahon futbolidagi har qanday jamoa murabbiyi yoki rahbari öz klubida Antuan Grizmanni körişni istamasa, u öz lavozimi bilan xayrlaşaversa böladi. France Football tasnifi böyiça dunyoning eng kuçli öyinçilari uçligiga kiruvçi futbolçini xarid qiliş uçun yaxşigina pul tölaş lozimligi boşqa masala. Axir yirik miqdordagi mablağni atigi bir neça jamoalar tölay oladi. Şunday jamoalardan biri esa, sönggi yillarda pulni kördim demay sovurayotgan «Mançester Yunayted»dir. Hozirça, uning tarkibida Zlatan bor ekan, Jozega ortiqça hujumçi kerak emas. Şunga köra, Grizmanning «Old Trafford»ga ötişini mavsum nihoyasida kutiş mumkin, xolos. 

Viktor Lindelof, «Benfika»

«Benfika» himoyaçisi «MYu» nişonga olgan asosiy öyinçilardan yana biridir. Hozirda, jamoalar şved öyinçisi uçun tovon puli borasida kelişib olgan. U 38 mln funt sterling (46 600 000 AQŞ dollari)ni taşkil etişi mumkin. Albatta, bu narx ança jiddiy, biroq, Viktorning Portugaliyada körsatayotgan öyini, uning Yevropadagi kelajagi porloq himoyaçilardan biri haqida gap ketayotganini isbotlaydi. 

Xose Ximenes, «Atletiko»

Uşbu mavsumda «Atletiko»ning boşlanğiç tarkibida köp ham paydo böla olmayotgan himoyaçisi Xose Mariya Ximenes Lindelofga muqobil sifatida baholanişi mumkin. Şu yilning yozida «Man Yunayted» Madrid klubining boşqa bir futbolçisi Diyego Godinga qiziqib körgan, ammo rad javobini olgandi. Endilikda, Ximenes transfer bahosi 40-50 mln yevroga baholanmoqda. Ximenes va Lindeloflarga muqobil sifatida «Sautgempton» himoyasi vakillari Joze Fonte va Virjil van Dayklar ham körib çiqilmoqda.

Nelson Semedu, «Benfika»

Lindelofning «Benfika»dagi jamoadoşi Nelson Semedu ham «Mançester Yunayted» nigohiga tuşgan. Semedu mankunianliklarga juda ham qöl kelişi mumkin. Jamoaning öng qanot himoyasida 31 yoşli Antonio Valensiya örniga munosib nomzod zarur. Ammo, 22 yoşli Semeduga «Mançester Yunayted» 30 mln yevroning bahridan ötsa bas.