Qirğiziston davlat rahbari Almazbek Atamboyev özining Özbekistonga amaliy taşrifi doirasida yangi Chevrolet Captiva avtomobiliga ötirib kördi.

Özbekiston va Qirğiziston davlat rahbarlari «JV MAN Auto – Uzbekistan» özbek-german qöşma korxonasiga taşrif buyurgani haqida avval xabar bergan edik. Bu yerda, maxsus va qişloq xöjaligi texnikalari körgazmasi taşkil etilgan edi. 

Mazkur zavodda 50dan ortiq turdagi transport vositalaridan yiliga 3 mingdan ortiq işlab çiqiladi. Uşbu zavodda yiğilgan yuk va maxsus avtomobillar Ozarboyjon, Afğoniston, Qozoğiston, Qirğiziston va boşqa davlatlarga eksport qilinadi. 

Körgazma pavilonlarida Özbekiston avtosanoatida işlab çiqiladigan barça mahsulotlar, xususan, yengil avtomobillar ham namoyiş etildi.

«Maşinalar arzon va yaxşi», - degan Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev avtomobillarni qirğiz hamkasbiga namoyiş etar ekan. 

«Sönggi tört yilda Bişkekdagi maşinalar soni 4 marta oşdi», - degan Atamboyev bunga javoban. 

«Mana bu sönggi avlod Nexia, mutlaq yangi», - deya qayd etgan Şavkat Mirziyoyev.
 
«Çiroyli maşina», - deb aytgan Atamboyev. 

«Mana bunisi Chevrolet Malibu. Şanba-yakşanba kunlari özim şunda yuraman. Juda qulay», - deb qayd etgan Şavkat Mirziyoyev, qirğizistonlik hamkasbini boşqa bir avtomobil Chevrolet Captiva modeliga ötirib körişni taklif qilgan.

Şundan söng, davlat rahbarlari ikkinçi pavilonga ötişdi. Bu yerda Özbekistonda işlab çiqarilayotgan plastik romlar, xöjalik texnikalari, tekstil, gilamlar, dori-darmonlar va boşqa köplab mahsulotlar körgazmaga qöyilgan edi. 
Mirziyoyevning Atamboyev bilan kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda qayd etişiça, zavodda Özbekiston işlab çiqarilayotgan barça mahsulotlar körsatilmagan.

«Köp narsani sizning Toşkentga rasmiy taşrif bilan kelişingizga olib qöydim», - degan Mirziyoyev.