Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tu-154 samolyoti halokati tufayli 26 dekabrni mamlakatda motam kuni deb e'lon qildi. U "Rossiya 24" telekanali efirida şu haqida ma'lum qildi. 

"Ertaga Rossiyada umummilliy motam kuni deb e'lon qilinadi", - dedi Putin. 

Davlat rahbari Tu-154 halokati borasida puxta tergov işlari olib borilişi va halok bölganlarning oilalarini qöllab-quvvatlaşga va'da berdi. U mazkur halokat yuzasidan hukumatga davlat komissiyasini tuziş vazifasini topşrigani haqida ma'lum qildi. Uni transport vaziri Maksim Sokolov boşqaradi. Şuningdek Vladimir Putin yana bir bor halok bölganlarning yaqinlariga öz hamdardligini bildirdi. 

Rossiya Mudofaa vazirligiga qaraşli Tu-154 samolyoti 25 dekabr kuni Adler aeroportidan Suriyaga parvoz qilgan. Ikki daqiqa ötgaç, layner radar ekranlaridan ğoyib bölgan. Samolyot qoldiqlari Qora dengizda, qirğoqdan 1,5 km masofada topilgan. 

Havo kemasida 92 nafar kişi - 84 yölovçi va 8 nafar ekipaj a'zosi bölgan. 

Hozirda fojia röy bergan joyda qidiruv-qutqaruv amaliyoti ötkazilmoqda. Sönggi ma'lumotlarga köra, qutqaruvçilar 4 nafar jasadni topib, suvdan olib çiqişga muvaffaq bölişgan. 

Tu-154 layneri halokatiga "texnik nosozlik" sabab bölganligi taxmin qilinmoqda.