Özbekistonga xorijiy investitsiyalar oqimini kuçaytiriş uçun nima qiliş zarur?
|00:10 / 25.12.201650 31711 min
23 dekabrda Özbekiston Savdo-sanoat palatasida xorijiy va mahalliy investorlar iştirokida munozaralar davrasi taşkil etildi. Unda sarmoyadorlar duç kelayotgan muammolar va ularni hal etiş yöllari muhokama qilindi, deb xabar qilmoqda Gazeta.uz sayti.
Yiğilişda, Oliy Majlis Senati a'zolari, iqtisodiyot va adliya vazirligi, Davlat soliq va bojxona qömitalari, Markaziy Bank va Taşqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki, Savdo-sanoat palatasi (SSP), idoralar va taşkilotlar, suğurta kompaniyalari va xorijiy sarmoyadorlar iştirokida taşkil etilgan korxonalar vakillari iştirok etişdi.
Oşkora ruhda bölib ötgan munozaralarga Senat raisi birinçi örinbosari Sodiq Safoyev va SSP raisi Alişer Şayxov moderatorlik qilişdi.
Foto: Gazeta.uz
Investorlarning muammolari xususida, «Nestle Özbekiston» boş direktori Sergey Tratsevskiy majlisda iştirok etganlarni uşbu kompaniya bilan boğliq ikki hodisa misolida xabardor qildi.
«Namanganda "Nestle Özbekiston" zavodi bor, u sut va yoğ işlab çiqaradi. Rossiyadagi bir neça zavodimizga yoğ kerak, biroq, biz mahsulotimizni u yoqqa eksport qila olmayapmiz, çunki özbek tomoni bilan veterinariya ruxsatnomasi borasida kelişa olganimiz yöq», — deb hikoya qilgan kompaniya rahbari kuyunçaklik bilan.
Bundan taşqari, uning fikriça, Özbekistonda intellektual mulkni himoya qilişni kuçaytiriş lozim. Bu borada, Tratsevskiy «Nestle Özbekiston» savdo belgisidan ruxsatsiz foydalaniş bilan boğliq mahkama jarayonini xotirladi. Öşanda, ayni kompaniya içimlik suvlari idişlariga tegişli taşqi körinişlar boşqa bir içimlik suv işlab çiqaruvçi kompaniya tomonidan kör-körona köçirilişiga boğliq hodisa yuz bergandi.
«Dastlabki sud qarori bizning foydamizga böldi. Biroq, Intellektual mulk böyiça agentlik boşqa kompaniyani qöllab-quvvatladi. Biz, huquqiy va qonuniy usullardan foydalangan holda faoliyat yuritsak ham. Va nihoyat, sönggi sud instansiyasi biz tomonda turdi», — deb hikoya qilgan Sergey Tratsevskiy.
Mavzuga oid
Foto: Gazeta.uz
SGS rahbari Isroil Ahmadxöjayev esa, davlat organlari faol işlaşga naqadar tayyorliklari xususida töplanganlarga murojaat qildi: «Hozir bölayotgan jarayonlardan xulosa qiladigan bölsak, — tayyorgarlik örta darajada. Agar, bu miqdordagi yangi loyihalar, barça sohalar böyiça keng qamrovli va global anjumanlar, sanoatning qayta jihozlanişi haqida gapiradigan bölsak, dastlab buning mexanizmini işlab çiqişimiz kerak».
U misol sifatida Özbekistonning kiçik va örta biznes korxonalariga yetkazib beriladigan uskuna va qurilmalarni sertifikatlaş masalasiga e'tibor qaratdi. Davlat idoralarining bunga naqadar şayligi, sertifikatlaş tizimi yangi talablarga qançalik moslaşa olişi mamlakatga sarmoya kiritiş yoki kiritmaslik masalasini hal etadi.
Isroil Ahmadxöjayevning sözlariga köra, yirik investitsiya loyihalarining pudratçilari, jumladan Taxiatoş issiqlik elektrstansiyasi va Navoiy toğ-kon metallurgiyasi kombinati investorlari örnatilayotgan uskunalarni foydalanişga qançalik tez ruxsat berilişidan manfaaatdordir. Bugungi kunda, «Özstandart» agentligi qaçonlardir xorijda tasdiqdan ötgan sertifikatlangan mahsulot uçun agentlik mutaxassisining xorijga borib kelişi, vizasi, mehmonxonasini ta'minlaşni talab qilmoqda. Şundan keyingina, sertifikatlaş xususida yakuniy qaror qabul qilinadi. Bularning barçasi uskuna tannarxiga qöşiladi.
U proteksionizm siyosatini aniq belgilab oliş va banklarga valyuta tuşumi böyiça qarorlarni mustaqil ravişda qabul qiliş imkonini berişga çaqirdi.
Foto: Gazeta.uz
Körgazmalar taşkil etiş böyiça ITE Uzbekistan kompaniyasi boş direktori Nigora Hasanova dastlab, özining xorijiy kiçik korxonasini rivojlantiriş uçun uning işçilari sonini 100 nafarga yetkaziş lozimligini aytgan. Uning sözlariga köra, bu holatda kompaniya yanada köproq işlay olişi va mintaqalarda ham öz şaxobçalarini oçişi mumkin bölar edi.
Nigora Hasanova, şuningdek, banklar faoliyatini ham keskin tanqid qilgan. «“Ipak yöli” bankida xorijiy valyutada jamğarma hisob raqami oçişni rad etişdi. Ular söm talab qilişdi. Bizlar, xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar ötkazamiz, Özbekistonga taklif qilamiz, biroq, bank bizdan valyutani qabul qilişdan boş tortadi. Mablağlarimiz depozitda emas, foizlar tölanmaydi, biz heç narsa qila olmaymiz. Banklar bilan boğliq yana bir muammo, bu sömdagi naqd pul muammosi, aniqroği uning yöqligi. Bizda ATM (kartoçkadan naqd pul yeçiş imkonini beruvçi bankomat)lar yöq, plastik kartoçkadagi pulni naqdlaştiriş imkoni yöq. Şu sababli, xodimlarimiz işdan ketişadi», - degan Nigora Hasanova.
Kompaniya rahbari, şuningdek, investorlarga murojaat qilib, yangi, jahon andozalariga mos keluvçi ekspomarkaz barpo qilişni söradi. «Yangi, xalqaro darajaga mos keluvçi, garderoblari va me'yordagi xojatxonalari bölgan ekspomarkaz kerak. Biz xorij kompaniyasini olib kelganda uyalmaylik. Hozirgi bizning ixtiyorimizdagi markaz — bu şunçaki monopoliya. Teatr garderobdan boşlanadi, ekspomarkaz esa davlat yuzi», - degan Nigora Hasanova.
Foto: Gazeta.uz
Aurora Consulting asosçisi U Bin esa, öz navbatida, nima uçun xitoylik sarmoyadorlarning Özbekistonda faol emasligiga oydinlik kiritdi.
«Töğrisini aytaman, xafa bölmanglar. Özbekiston bilan tanişganimdan söng, bu ulkan salohiyatga ega buyuk davlat ekaniga iişonç hosil qildim. Öylaymanki, yangi Prezident Şavkat Mirziyoyev islohotlari xitoylik sarmoyadorlar uçun katta imkoniyatlar oçadi. Biroq, kamçiliklarni ham qayd etmasligim mumkin emas. Xitoy — jahonning ikkinçi iqtisodiyoti, ammo, Özbekiston bozorida ular hamon kam. Bizlar yirik davlatmiz, lekin Xitoyda sizning davlatingiz haqida dastlabki ma'lumotni oliş uçun Özbekiston haqida birorta kitob topa olmaymiz».
«Köplab xitoylik sarmoyadorlar Özbekistonni bilişmaydi. Boşqalar esa, Moskvadagi kabi — mafiya, banditlar bor, yana sovuq ham deb öylaşadi. Bizning tadbirkorlar, garçi uzoq bölsa ham Afrikaga pul tikmoqda, ular şunçaki sizlarni bilişmaydi», — deb qayd etgan U Bin.
«Zaxiralar, iş kuçi, kommunal ta'minlaniş sizlarda Xitoydagiga qaraganda ança arzon. Nima uçun xitoyliklar bu haqda bilmaydi? Nima uçun sizlar taşviqot bilan şuğullanmaysizlar? Siz buni bizlarning davlat idoralarimiz orqali amalga oşirişingiz mumkin. Biroq, bunday anjumanlarni xöjakörsinga emas, sifatli taşkil etiş lozim, çunki, şunday holatlar ham böldiki, tarjimonlar ma'lumotlarni investorlarga notöğri yetkazişdi. Yana bir gap, xorijiy investorlarga maslahat beradigan davlat idorasini aniqlab oliş kerak, — bizning odamlar investitsiya borasida kimga va qayerga murojaat qilişni bilmaydi. Özbekistondan Xitoyga mahsulot eksport qiliş borasida ham katta imkoniyatlar bor. Oddiy misol, sizda işlab çiqilgan vino 3 dollar turadi, bizda ayni brenddagi içimlik 20 dollar. Biroq, heç kim bu bilan şuğullanmaydi, şuğullanayotganlar esa, raqobatdan qörqib bu haqda gapirmaydi», — deya xulosa qilgan xitoylik investor.
Foto: Gazeta.uz
BERNINA-TIKUVMASH kompaniyasi va Munitsipal iqtisodiyot va injiniring markazi vakili Bahodir Xöjayev mamlakatdagi investitsiya dasturlarini tubdan özgartirişga çaqirgan.
«Har yili investitsiya dasturlari işlab çiqamiz, biroq, uning YaIMdagi uluşini bilmaymiz. Har qanday sarmoyadorni, birinçi navbatda, korxonalar holatiga doir tahliliy axborot qiziqtiradi. U şunga qarab, pul tikiş masalasini hal etadi. Bizning respublikada şu kabi ma'lumotlarni oliş muammo, bunday axborotlar ikki yil avval e'lon qilinişdan töxtatilgan edi. Masalan, biz, şartli ravişda 2030 yilgaça möljallangan maktab dasturi haqida gapiradigan bölsak, zarur böladigan jihozlar, inventarlar va şu kabilarga oid ma'lumotlarni ham taqdim etişimiz zarur. Sarmoyador nimanidir möljal olişi kerak», — deb qayd etgan Bahodir Xöjayev.
U, şuningdek, rejalaştirilayotgan loyihalarda suv ta'minotiga e'tibor berilmasligiga majlis iştirokçilarining diqqatini qaratdi. «Mustaqillikning 25 yilida içimlik suvi bilan ta'minlaş dasturi doirasida 60 ming kmga yaqin suv quvurlari tarmoğini barpo etdik. Ammo, bugungi kunda, ularning yarmi, ayniqsa qişloq joylarda qarovsiz ahvolda. Respublikadagi suv bilan ta'minlaş quvvatlaridan 33 foizga, oqova quvurlari imkoniyatidan 27−28 foizga foydalanilmoqda. Oqova suvlarning 2,5 mlrd kub metridan 1,5 mlrdi qayta işlanmasdan yerga singib ketadi. Tozalaş inşootlari deyarli işlamayapti. Gaz va elektr ta'minoti bilan ham şu ahvol. 2012 yilda Iqtisodiy tadqiqotlar markazida ötkazilgan tadqiqotda 40 foiz tadbirkor infratuzilmalar holatidan nolişgan. Suv ta'minotini yaxşilaş uçun, bizning hisoblarga köra, 3,5−4 mlrd dollar mablağ zarur, ammo biz ayni vaqtda buning uçun yiliga 100 mln dollar sarflayapmiz. Demak, töliq bajariş uçun 30−40 yil vaqt ketadi, bu vaqt içida avvalgilari eskirib böladi».
«Bu muammoni hal etiş uçun davlat va xususiy tadbirkorlar hamkorligini yölga qöyiş kerak. Dunyoda bu bozor (suv ta'minoti va oqova suv) 1 trln dollarni taşkil etadi. Rivojlangan mamlakatlarda bu bozor yetarli darajada rentabelli (daromadli) hisoblanadi. Biroq, bizda hamon uşbu sohaga xususiy tadbirkorlarni jalb etişni tartibga soluvçi qonun mavjud emas. Özbekiston kommunal tizimining egasi yöq, rasman u hokimiyatlarga tegişli».
Nihoyat, Bahodir Xöjayev tikuv uskunalari importiga doir mexanizmlarni soddalaştirişni söradi. Yangi texnologiyalar agentligi kiçik oilaviy biznes yurituvçilar uçun möljallangan oddiy tikuv maşinalariga ham bir jild hujjatlarni talab qiladi.
Foto: Gazeta.uz
Şuningdek, uçraşuvda xorijliklarning farzandlari uçun maktablarning yöqligiga e'tibor qaratilgan. Sarmoyadorlar öz mablağlari hisobidan şunday ta'lim maskanlari barpo etişni xohlaşsa-da, byurokratik tösiqlar mavjudligi bunga imkon bermayapti.
Anjuman iştirokçilari, «çiqiş vizasi» masalasini ham kötarişgan: sarmoyadorlar uçun xorijga çiqiş ruxsatini beruvçi stikerni 2 yildan beş yilga oşiriş hamda kompaniya xodimlari uçun vaqtinçalik propiska muddatini uzaytiriş takliflarini bildirişdi.
«KNAUF Özbekiston» vakili Jamşid Nurmuhammedov xorijga mahsulot olib çiqayotgan sarmoyadorlar uçun, soliq, boj va aksiz soliğining yanada şaffofligini ta'minlaş maqsadida bojxona kalkulyatorini taşkil etiş taklifini bildirdi.
Hokimiyat va biznes vakillari örtasidagi uçraşuv yakuniga köra, har oyda şunday uçraşuv ötkazişga hamda sohalardagi mavjud muammolarni hal qiliş böyiça munozaralar ötkazişga kelişib olingan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi