Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 24 dekabrda Samarqandga amaliy taşrif bilan kelgan Qirğiziston Prezidenti Almazbek Atamboyevni samimiy qutladi. 

"Bu barçasi yuz berganda siz boş vazir boşçiligidagi katta delegatsiyani yuborganingiz juda yoqimlidir. Oğir damlarda ham biz bilan birga bölgansiz. Bugun esa siz Birinçi prezidentimiz xotirasini yod etdingiz. Bu Islom Abduğaniyeviç va Özbekiston xalqiga mutlaq özgaça munosabatingizdir", deb aytdi Şavkat Mirziyoyev.   

"Islom Abduğaniyeviç siz ŞHTda oxirgi marta qanday gaplaşganingizni aytib bergandi. U menga aytgandi: "Sen tayyorlan, biz albatta sentabrda Bişkekka boramiz". Biroq şunday böldi... Öylaşimça, biz hammamiz u aytgan narsalarni bajarişimiz kerak", deb qöşimça qildi Şavkat Mirziyoyev. 

"Bu uç oy içida sizning kömagingizda xalqlarimizda köp ijobiy özgarişlar böldi. Ular bu kunlarni juda uzoq kutişgandi. Sizga çin dildan aytaman: menga hattoki Qirğizistondan maktublar yozişmoqda. Almazbek Şarşenoviç boşçiligida yöl oçganimizga minnatdorçilik bildirmoqdalar. Biz olgan sur'atni davom ettiriş kerak", deb ta'kidlab ötdi Özbekiston Prezidenti.