Özbekiston Xitoy-Markaziy Osiyo temiryölining Qirğiziston hududi böylab ötadigan qismini loyihalaştiriş va quriş işlarida iştirok etişga tayyor, deb xabar berdi 1news.uz. 

Bu haqda, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Samarqand şahrida bölib ötgan özbek-qirğiz oliy darajadagi muzokaralarida bayonot bergan.

Özbekiston yetakçisining matbuot xizmatiga köra, mintaqada samarali transport yöllarini rivojlantiriş iqtisodiy hamkorlikning strategik yönalişi hisoblanadi. Masalan, Markaziy Osiyoni Qirğiziston hududi orqali Xitoy bilan boğlaydigan qisqa temir yöl nafaqat ikki mamlakat, balki butun mintaqaning tranzit salohiyatini sezilarli ravişda oşiriş imkonini beradi.

Şavkat Mirziyoyev özbekistonlik mutaxassislar Qirğiziston hududida bunday yönalişni loyihalaştiriş va qurişda iştirok etişga tayyor ekanini ta'kidlagan.

Eslatib ötamiz, özbekistonlik temiryölçilar xorijiy mamlakatlarda temiryöl quriş malakasiga ega. Xususan, özbek temiryölçilari tomonidan Afğonistondagi Xayraton-Mozori-Şarif örtasidagi temiryölni qurib bitkazilgan.