Lionel Messi shu kunlarda oilasi bilan Argentinadagi Rosario shahrida ta'tilni o‘tkazmoqda.

29 yoshli futbolchi faoliyatidagi ilk jamoa bo‘lmish «Nyuells Old Boyz»ning bolalar klubidagi sobiq jamoadoshlari bilan uchrashdi. U bu yigitlar bilan 1994-1999 yillarda birga futbol o‘ynagandi.

Messi Barselonaga 2 yanvar kuni qaytadi.

«Barselona» mashg‘ulotlarni 30 dekabr kuni boshlaydi, jamoa yangi yildagi ilk uchrashuvni Ispaniya Kubogi doirasida «Atletik»ka qarshi o‘tkazadi.