Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya rahbari Vladimir Putinga ta'ziyanoma yölladi. Murojaat matni ÖzA saytida keltirilgan.
«Qora dengiz ustida Tu-154 samolyoti halokatga uçraşi oqibatida köplab insonlar halok bölgani haqidagi xabarni oğir qayğu bilan qabul qildim», — deyilgan murojaatda.
«Mening çuqur ta'ziyamni qabul qilişingizni va halok bölganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardligimni yetkazişingizni sörayman», —deya qayd etilgan uşbu ta'ziyanomada.
Qayd etiş kerakki, noxuş voqea uçun prezident ta'ziyasi köp vaqtlardan buyon bugun birinçi marta halokat sodir bölgan kunning özida bildirildi.












