Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: BMT bosh kotibi Janubiy Koreya prezidentligi uchun reytingda birinchi raqamda
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Janubiy Koreya muxolifatining sobiq yetakchisi Mun Chje Inni biroz farq bilan ortda qoldirmoqda. Respublikada o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalari shunga dalolat qilmoqda. Bu haqda RealMeter agentligi xabar qilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, BMT bosh kotibligi lavozimini 31 dekabrda tark etadigan Pan Gi Munning mamlakat fuqarolari orasidagi obro‘si bir haftada 2,8 foizga oshib, 23,3 foizga yetgan.
Pan Gi Mun yanvar oyi o‘rtalarida mamlakatga qaytgach, kelgusidagi faoliyatini mamlakat rivojiga, fuqarolari farovonligini ta'minlashga sarflash niyatida ekanini bildirganidan so‘ng, reytingi ko‘tarilgan edi. Uning so‘zlari Koreya respublikasi prezidentligiga nomzodini qo‘yishi mumkinligi sifatida baholangan edi. Ammo, BMT Bosh assambleyasining 1946 yil 24 yanvarda qabul qilingan 11(1) raqamli rezolyutsiyasi, bosh kotibni vakolatlari poyoniga yetgach, davlat lavozimlarini egallashdan o‘zini saqlab turishga chaqiradi
RealMeter tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, Mun Chje Inni janubiy koreyaliklarning 23,1 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu avvalgi reytingdan 0,6 foizga kam demakdir. Demokratik partiyaning hozirgi yetakchisi Li Chje Myon tarafdorlari 12,3 foizni tashkil etmoqda. Davlat rahbarligi uchun yana bir nomzod, tadbirkor va dasturchi An Chxol Su 8,2 foiz tarafdorga ega.
Koreya respublikasidagi prezidentlik saylovi mamlakat prezidenti Pak Kin Xega nisbatan impichment qo‘llanilgani tufayli muddatidan avval o‘tkaziladi. Mamlakat parlamenti 9 dekabrda Pak Kin Xega dugonasi Tsoy Sun Sil bilan bog‘liq korrupsiya mojarosiga aralashib qolgani sababli ishonchsizlik bildirgan edi. Endilikda, prezident taqdirini Konstitutsiyaviy sud hal etishi kerak. Shundan so‘ng, yangi prezidentlik saylovi o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026