Turkmaniston prezidentligiga nomzod, amaldagi davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhammedov mamlakatdagi yuksak davlat lavozimiga nomzodlar foydasiga televideniyeda öziga ajratilgan vaqtdan voz keçdi. Bu haqida mahalliy OAV xabariga asoslanib, RIA "Novosti"da ma'lum qilindi.
"Saylovlar va referendumlarni ötkazuvçi Markaziy saylov komissiyasidan televideniyeda men uçun ajratilgan efir vaqtini Turkmaniston prezidentligiga boşqa nomzodlarga taqsimlab berişingizni sörayman. Barça nomzodlarga omad tilayman", - dedi Berdimuhammedov.
Turkmanistondagi prezidentlik saylovlari 2017 yilning 12 fevraliga belgilangan.
Saylov oldi dasturga keladigan bölsak, davlat rahbari mamlakat prezidenti etib saylangan taqdirda turkman davlatining iqtisodiy salohiyatini oşiriş, aholi jon boşiga daromadni yetakçi mamlakatlar darajasiga kötariş, elektron sanoat yaratilişiga alohida e'tibor qaratiş va mamlakatni sanoati rivojlangan davlatga aylantiriş, jamiyat siyosiy tizimi faoliyatini modernizatsiyalaştiriş, ijtimoiy hayotni demokratlaştirişda davom etiş, milliy armiya, Harbiy-dengiz va Harbiy-havo kuçlari, çegara qöşinlari qudratini kuçaytiriş, aloqa va teleradioeşittirişlar faoliyatini yaxşilaş uçun yangi sun'iy aloqa yöldoşlarini orbitaga olib çiqiş, xalq xöjaligi ehtiyojlarini qondiriş niyatida ekanini bildirdi.
Şuningdek Turkmaniston prezidenti xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikda terrorizm, ekstremizm, transmilliy uyuşgan jinoyatçilik va poraxörlik bilan kuraşişga va'da berdi.
Mamlakat prezidentlik saylovlarda 4 nafar nomzod iştirok etadi.
Konstitutsiyaga muvofiq, Turkmanistonda tuğilgan, 40 yoşdan kiçik bölmagan, davlat tilida sözlaşuvçi, sönggi 15 yilda mamlakatda yaşab, işlagan fuqaro Turkmaniston prezidenti böla oladi. Turkmaniston prezidenti xalq tomonidan 7 yil muddatga saylanadi.












