Özbekiston va Qozoğiston mustaqillik yillarida Markaziy Osiyoning yetakçi davlatlariga aylandi. 23 dekabr kuni Qozoğiston respublikasining Özbekistondagi elçisi Yerik Utembayev şu haqda jurnalistlarga ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «Turkiston-press» milliy-axborot agentligi.

«Biroq ikki tomonlama hamkorlikning foydalanilmagan imkoniyatlari qolmoqda», - degan Yerik Utembayev. – Şu sababli, ikki davlat prezidentlari Nursultan Abişeviç va Şavkat Miromonoviçning sentabr oyidagi uçraşuvida yillik mahsulot ayirboşlaş hajmini 5 mlrd dollarga qadar oşirişga erişişga qaror qilingan edi".

Yerik Utembayev

Mazkur topşiriq 22 sentabrda imzolangan savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yönalişlari töğrisidagi kelişuvga asos böldi. Hujjatga muvofiq, özaro neft va neft mahsulotlari, elektrotexnika, maşinasozlik, avtomobilsozlik, farmatsevtika va agrosanoat mahsulotlarini sotiş singari yönalişlar böyiça hamkorlikdagi savdo uylarini taşkil etiş rejalaştirilgan.

Qozoğistonning «Bayterek» milliy xoldingi (Qozoğiston korxonalarining taşqi savdosini moliyalaştiriş bilan şuğullanadi) va Özbekiston Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki örtasida hamkorlikni yölga qöyiş rejalaştirilgan.

Özbekiston Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, 2016 yilning birinçi töqqiz oyi yakunlari böyiça özaro mahsulot ayirboşlar hajmi 1,548 mlrd dollarni taşkil etdi. Qozoğiston Özbekiston mahsulot ayirboşlaşida 8,7 foizlik uluş bilan Xitoy (17,7 foiz) va Rossiyadan (17,2 foiz) keyingi uçinçi örinda turibdi. 

Joriy yilning ötgan 9 oyi mobaynida Qozoğistondan Özbekistonga 525 ming tonna buğdoy uni va 1 mln 400 ming tonnaga yaqin boşqa don mahsulotlari yetkazilgan bölsa, Özbekistondan qöşni respublikaga tabiiy gaz, uzum, örik, toğolça va gilos, pomidor, va quritilgan mevalar yetkazib berilgan. 

Mamlakatlar rahbariyatiga mintaqalararo hamkorlik mexanizmlarini işlab çiqiş vazifasi topşirildi. Bundan taşqari, Özbekiston va Qozoğistonning «Azia-Avto», KazKioti, «SamAvto» va GM Uzbekistan zavodlarida işlab çiqarilayotgan yengil avtomobillar, avtobuslar va qişloq xöjaligi texnikalarini yiğişni yölga qöyiş közda tutilgan.

Uning sözlariga köra, ikki mamlakat iqtisodiyotini inobatga olgan holda amaliy jihatdan mutlaqo yangi mintaqalararo hamda çegaraviy aloqalar va munosabatlar tizimini şakllantiriş, şuningdek, çegaralarni oçiş zarur.