AQŞ prezidenti Barak Obama lavozimini tark etganidan söng kitob yozadi va öz ötmişini tahlil qiliş bilan maşğul böladi. U bu haqda CNN telekanaliga bergan intervyusida söz yuritgan.
«Men biroz tin olişim kerak. Men siyosatni emas, balki içki xotirjamlikni nazarda tutyapman. Men içki muvozanatimni tiklaşim va bölib ötgan voqealarni tahlil qilib çiqişim kerak», — degan Obama va şundan keyingina töğri qaror çiqara olişini qöşimça qilgan.
Obamaning hikoya qilişiça, u diqqatini omma orasiga ilğor ğoyalarni singdira oladigan demokratik yetakçilar — jurnalistlar, siyosatçilar va ijtimoiy faollarni yetiştirişga qaratadi. Şu bilan birga, u respublikaçi prezident Donald Trampning muhim taşabbuslari va siyosiy qadamlarini izohlab turiş niyatida.
Amerika yetakçisining aytişiça, demokrat Hillari Klinton aholining yirik qatlamlariga e'tibor bermagani tufayli mağlub bölgan.
Barak Obama 2008 yildan AQŞ prezidenti hisoblanadi. 2017 yil 20 yanvarda Donald Tramp inauguratsiyasidan söng, u lavozimini tark etadi.












