Yangi yil arafasida Belarusning "Startfrukt" kompaniyasi vakillari Belarusning Özbekistondagi elçixonasi va "Özagroeksport" AJ kömagida Özbekiston viloyatlariga respublikada yetiştiriladigan yeryonğoq sifatini baholaş, potensial yetkazib beruvçilar bilan tanişiş uçun taşrif buyurdilar. 

Jumladan, mehmonlar Surxondaryo, Qaşqadaryo va Namangan viloyatlaridagi fermer xöjaliklari va taqsimlovçi markazlar faoliyati bilan tanişdilar va özbekistonlik yeryonğoq yetiştiruvçilar bilan uzoq muddatli istiqbolli hamkorlik qilişga tayyorliklarini bildirdilar.

"Startfrukt" va "Özagroeksport" özaro muzokaralar natijalariga köra, Özbekistondan Belarusga yeryonğoq yetkazib beriş böyiça ikki tomonlama eksport şartnomasini tuzişdi. Mahsulot 2017 yil yanvaridan yetkazib berilişi rejalaştirilmoqda.

Ayni vaqtda Belarus kompaniyasi içimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari, agrobiznes, restoran biznesi bilan şuğullanadi.    

«Startfrukt» tarkibiga kiruvçi yonğoq fabrikasi yiliga 2-5 ming tonna yeryonğoqni qayta işlaydi.

Kelgusida tomonlar yetkazib beriluvçi meva-sabzavot mahsulotlari turlari va hajmini oşirişni rejalaştirmoqdalar.