Amerikaning Consumers Union notijorat taşkilotiga tegişli Consumer Reports jurnali MacBook noutbuklari tarixida birinçi marta öz öquvçilariga yangi noutbuk  modellarini xarid qilişni tavsiya etmadi. Jurnal xodimlari noutbuklarning 3 versiyasini sinovdan ötkazişdi va ularning barçasida akkumulyator bilan boğliq muammolarga duç kelişdi. Bunga Safari brauzeri aybdor ekanligi taxmin qilinmoqda. 

Consumer Reports — dunyoning eng nufuzli ekspert naşrlaridan biri. Jurnal barça texnika vositalarini mustaqil ravişda tekşiruvdan ötkazadi va bu nufuzini juda qadrlaydi: u öz sahifalarida reklama joylaştirmaydi, texnika sinovi böyiça takliflarni qabul qilmaydi - ularni özi tanlaydi.

Makbuklar şu paytgaça naşr tomonidan yuqori baholab kelingan. Consumer Reports mahsulotlarni turli parametrlar böyiça baholaydi, ularning eng yaxşilariga "tavsiya qilinuvçi" maqomi beriladi. Salohiyatli xaridor modellarni tekşirib ötirişiga töğri kelmaydi, şunçaki "tavsiya qilinuvçi" texnikalar orasidan öziga töğri keladiganini tanlab oladi. 

2016 yilning MacBook Prösi ilk marta "tavsiya qilinuvçi" maqomini olmadi. Apple özining yangi modellarini oktabr oyi oxirida namoyiş qildi, Consumer Reports dekabrda yangi noutbuklar sinovini tugatdi. Jurnalda ta'kidlanişiça, noutbuklar ekran sifati va samaradorlik nuqtai nazaridan özlarini "juda yaxşi" namoyon etişgan. Biroq ularning akkumulyatorlari haqida bunday deb bölmaydi. 

Jurnal MacBook Pröning uç turli versiyasini sinovdan ötkazgan va har bir model bir neça martadan ötkazilgan. 13 dyuymli ekran va TouçBar'li MacBook Pro birinçi testda akkumulyatordan 16 soat işlagan, ikkinçisida - 12,75 soat, uçinçisida esa - atigi 3,75 soat. TouçBar'siz model bir 19,5 soat natijani körsatsa, bir 4,5 soatga yetgan. 15 dyuymli MacBook Pro avval 18,5 soat, keyin esa 8 soat natijani körsatgan. 

Test sinovlari Safari brauzerlarida ötkazildi. Consumer Reports öz testlarida sinalayotgan kompyuterlarning standart brauzerlarini qöllaydi; şu bois MacBook Pro Safari'ni qöllaydi. 

Test quyidagiça ötgan: töliq zaryadlangan kompyuter maxsus yaratilgan Wi-Fi tarmoğiga ulangan, ekran yoruğligi örtaça darajaga sozlangan, şundan söng kompyuterda kompaniya serveridan ketma-ket 10 veb-sahifa oçilgan. Bu holat noutbuk batareyasi quvvati qolmay, öçib qolgunga qadar davom etadi. 

Çrome'da natijalar mutlaqo boşqa. Consumer Reports tajriba sifatida MacBook Pröning Google Chrome brauzerida işlaşini tekşirib kördi. Har bir model ikki martadan sinalgan va natijalar olti holatda ham yuqori bölgan. Bu Apple'ning Safari energetik samarasini ta'kidlovçi fonida açinarli holat - kompaniya standart brauzer bilan işlaganda kompyuterlarning Chrome yoki  Firefox'dagiga nisbatan ikki soatga köproq işlaşini ta'kidlamoqda.