Moldova prezidenti Igor Dodon qarorgohi binosidan Yevropa Ittifoqi bayroği olib taşlandi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.   

Bundan taşqari, uç tilda olib boriladigan prezident saytida ingliz va rus tilidagi variantlar özgarişsiz qolgan, rumin tilidagisi esa moldovan tilidagisiga özgartirilgan.   

"Prezident konstitutsiyani hurmat qiladi va barçani bunga çaqiradi", deb aytdi prezident matbuot kotibi Ion Çeban.

U Moldova konstitutsiyasiga köra, mamlakatda davlat tili "lotin alifbosiga asoslangan moldova tili hisoblanişini" aytdi.