AQŞ prezidenti Barak Obama uni yiğlaşiga sabab böluvçi ikki narsa haqida aytib ötdi. U bu haqda Devid Akselrodga bergan katta intervyusi vaqtida töxtalgan, deb xabar beradi CNN.

«Meni yiğlatişga qodir ikki narsa bor. Bu öz qizlarim haqida gapirişim yoki ularni körişim. Ikkinçisi – bu mening jamoam. Men 2012 yilda saylovoldi kampaniya ofisiga kirganimda ular juda ham tirişqoqlik bilan mehnat qilayotganliklariga guvoh böldim. Ular meni ilhomlantiradi. Biz ötgan yillar davomida katta bir oilaga aylandik», - dedi Obama.

Uning sözlariga köra, jamoasi a'zolaridan heç kim öz farzandiga Barak ismini qöymaganidan juda afsusda ekan.

«Jamoa a'zolaridan ba'zilari mening köz öngimda katta bölişdi, oila qurişdi, farzandlarni dunyoga keltirişdi, ularning bolalari esa Oq uy böylab çopib yurişibdi. Biroq hozirgaça heç kim öz farzandiga Barak deb ism qöymadi, men bundan biroz taşvişdaman», - deya hazil qildi Obama.