Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raul Kastro 2017 yilda juda katta qiyinchiliklarga duch keladi
Kuba prezidenti Raul Kastroni 2006 yilda hukumatga kelganidan beri eng murakkab yil kutmoqda, deb yozadi The Washington Post.
«Agarda Trampning g‘alabasi va Kastroning o‘limi bo‘lmaganida ham, 2017 yil kubaliklar uchun ancha qiyin kelishi kutilmoqda», - deya ma'lum qildi kubalik iqtisodchi Umar Everleni Peres.
Nashrning yozishicha, Kubada 2017 yilda iqtisodiy inqiroz kuzatilishi mumkin. Shuningdek, AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Obamaning ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha barcha harakatlarini bekor qilishga va'da bergan.
Nashrning fikricha, Kastro birdaniga ikkita muammoga duch keladi – diplomatik va iqtisodiy. Uning ta'kidlashicha, Vashington bosimiga qarshi turish Kuba kommunistik tizimining asosiy prinsipidir.
Mavzuga oid
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
20:15 / 19.06.2026
Kuba parlamenti 65 yil ichidagi eng yirik iqtisodiy xususiylashtirishni ma’qulladi
10:10 / 12.06.2026
Kubaning energetika sohasi AQSh sanksiyalari nishoniga aylandi
22:15 / 05.06.2026