Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita, Özbekiston matbuot va axborot agentligi, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Özbekiston musulmonlari idorasi, Toşkent islom universiteti bilan hamkorlikda taşkil etilgan «Sarhisob» tanlovi bölib ötdi.
Tanlov mustaqillik yillari Özbekistonda diniy-ma'rifiy sohada amalga oşirilayotgan islohotlarni keng tarğib etiş, tinçlik va osoyiştalikni qadrlaş, dinlararo bağrikenglik va hamkorlik ğoyalarini ommalaştiriş, xalqimiz, ösib kelayotgan yoş avlodni yot ğoyalardan himoya qilişda faollik körsatgan ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş va munosib rağbatlantiriş maqsadida ötkazildi.

Tanlovda matbuot yönalişi böyiça Toşkent islom universiteti prorektori Ibrohim Usmonov birinçi öringa loyiq topildi. Televideniye yönalişi böyiça Qoraqalpoğiston musulmonlari qoziyoti birinçi örinni egalladi. Internet yönalişi böyiça esa Toşkent şahar «Şayx Zayniddin» masjidi imom-xatibi, muxlis.uz internet manzili muharriri Odilxon Ismoilov birinçi poğonani band etdi. Yilning eng faol tarğibotçisi yönalişida Toşkent şahri «Novza» masjidi imom-xatibi Jaloliddin Hamroqulov 1-öringa loyiq topildi. Şuningdek, boşqa yönalişlar böyiça ham iştirokçilar mukofotlandi.
Diniy-ma'rifiy mavzudagi eng yaxşi ijodiy iş uçun boş mukofot Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Hidoyat sari» körsatuvi tahririyatiga berildi.
















