Ötgan haftada Turkiya hukumati muxolifatçi Fathulla Gulenning taşkiloti bilan boğliqlikda gumon qilingan 1096 kişini uşladi. Ulardan 426 nafari hibsga olingan, deb xabar berdi 26 dekabrda Turkiya içki işlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda Hürriyet Daily News naşri.
Vazirlik xabarida aytilişiça, mamlakatda taqiqlangan Kurdiston işçi partiyasi tarafdorlariga qarşi operatsiyalar davomida 508 kişi uşlangan, ulardan 78 nafari hibsga olingan. IŞID bilan aloqadorlikda gumon qilinib 78 kişi uşlangan, ulardan 12 nafari hibsga olingan.
Ta'kidlanişiça, mamlakat xavfsizlik kuçlari bir hafta içida 220 ta aksilterrorçilik operatsiyasi ötkazgan, ular davomida 4 nafar jangari yöq qilingan.
















