Iroq uç oy davomida mamlakatda harakat qiluvçi IŞID tuzilmalarini tor-mor etadi. Bu haqda Iroq boş vaziri Haydar al-Obodiy ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Al Sumaria telekanali.
"Barça mavjud ma'lumotlarga köra, Iroqqa IŞIDni batamom tor-mor etişi uçun 3 oy talab qilinadi", deb aytdi boş vazir.
Ayni vaqtda Iroq armiyasi IŞID jangarilari özlarining Iroqdagi poytaxti deb hisoblaydigan Mösul şahrini ozod qiliş böyiça operatsiya ötkazmoqda.
Bundan avval Iroq va Suriyada IŞIDga qarşi xalqaro operatsiyaga qömondonlik qiluvçi amerikalik general-leytenant Stiven Taunsend IŞID batamom 2 yildan avvalroq tor-mor etilmasligini aytgandi. Uning aytişiça, aksilterrorçilik koalitsiyasi zör berib işlaganda Mösul va Raqqani jangarilardan 2018 yil oxiridan ertaroq ozod qila olmaydi.












