AQŞning Virjiniya ştatidagi notijorat taşkiloti rahbari mamlakatning birinçi xonimi Mişel Obamani “poşnadagi maymun” deb atagani uçun ikkinçi bor işdan böşatildi. U Facebook’dagi öz sahifasida şunday yozuvlarni qoldirgan, deb xabar beradi Reuters.

NKO Clay County Development Corp kompaniyasi rahbari Pamela Teylor lavozimini taşkilotning irqçilikka qarşi siyosatini buzgani sabab tark etgan, biroq keyin yana qaytgan. Kompaniya qaşşoq va keksa kişilarga yordam beriş bilan şuğullanadi.

Ta'kidlanişiça, u Donald Trampning prezidentlik saylovlaridagi ğalabasidan söng özining sahifasida “Oq uyda zamonaviy va çiroyli birinçi xonimni körişdan mamnun” ekanligi haqida izoh qoldirgan. Ayol Trampning rafiqasi Melanyani nazarda tutgan. Şu bilan bir qatorda, hozirgi birinçi xonim haqida “poşnadagi maymundan çarçagani”ni yozgan.

Uşbu xabar oşkor bölib, katta mojarolarni keltirib çiqarganidan söng ayol Ğarbiy Virjiniya va NNT rahbariyati bilan kelişilgan holda işdan böşatildi.