AQŞ prezidenti Barak Obama va Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe Havayidagi Perl-Harbor körfazida Ikkinçi jahon uruşida halok bölganlarni yod etişdi, deb xabar berdi Oq uy.

Obama va Abe amerikaning “Arizona” linkori çökib ketgan joyda guldastalar qöyişgan. 

"Arizona"da Yaponiya harbiy havo kuçlarining 1941 yil 7 dekabr kuni sodir bölgan hujumi oqibatida 1177 kişi halok bölgan. Perl-Harborga hujum esa AQŞning Ikkinçi jahon uruşiga kirişiga turtki bergan.

Eslatib ötamiz, Barak Obama 2016 yilning may oyida Yaponiyadagi “katta yettilik” sammiti vaqtida Xirosima şahriga taşrif buyurgandi. U Qöşma Ştatlarning amerika atom zarbasidan katta talofot körgan şaharga borgan birinçi prezidentiga aylandi. Abening Perl-Harborga taşrifi esa yapon rahbariyatining javob qadami sifatida baholanmoqda.