Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki davlat mudofaa idoralari örtasidagi aloqalarni rivojlantirişga kelişib olganini ma'lum qildi.
«Xavfsizlik sohasida işonç hosil qiliş. Bu yil ham mudofaa idoralari, çegara xizmatlari örtasidagi aloqalarni rivojlantiramiz. Narkotrafik kabi noan'anaviy tahdidlarga qarşi turamiz, bu yönalişdagi hamkorligimiz qator muvaffaqiyatli natijalarni berdi. Buni yanada rivojlantiramiz va hamkorlik sohasini kengaytiramiz», – dedi Abe Moskvada Putin bilan bölib ötgan muzokalardan söng ötkazilgan matbuot anjumanida.
U şuningdek, Rossiya va Yaponiya Şimoliy Koreya böyiça ham hamkorlikni davom ettirişini, «çunki Şimoli-Şarqiy Osiyoda tinçlik va barqarorlik örnatiş umumiy va asosiy maqsad» ekanligini aytdi.

















