Rasmiy Islomobod ma'muriyati Pokiston va Hindiston Şanxay hamkorlik taşkilotining tölaqonli a'zosi böliş tarafdori ekanini ma'lum qildi. Xavfsizlik masalalari böyiça samaraliroq faoliyat yuritiş uçun şunday bölişi kerak, degan Pokiston TIV rahbari birinçi örinbosari Ayzaz Ahmad Çodri "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligida ötkazilgan matbuot anjumanida.

"Biz, uşbu yönalişda (xavfsizlik) diqqatni jamlaş uçun Pokiston va Hindiston ŞHTning tölaqonli a'zosi bölganida juda xursand bölar edik", — degan Çodri xavfsizlik masalalari böyiça harakatlarni muvofiqlaştirişga oid savolga javob berar ekan. 

2001 yilda taşkil etilgan Şanxay hamkorlik taşkilotiga Özbekiston, Rossiya, Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston a'zodir.