Jamiyat | 12:14 / 28.12.2016
17658
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada o‘zbekistonlikni o‘ldirgan sobiq militsioner qo‘lga olindi

Arxiv surat

Rossiya politsiyasi OAV Moskva viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbari sobiq o‘rinbosari deb atagan Andrey Volkovni qo‘lga oldi. Erkak qo‘shnisi bo‘lgan o‘zbekistonlikni o‘ldirgani uchun hibsga olindi.       

Volkov o‘z qo‘shnilari – oilaviy juftlikni Sergiyevo-Posad tumanidagi dala hovlisiga taklif qilgan. U yerda spirtli ichimliklar iste'mol qilish vaqtida qotil belkurakni olib, u bilan o‘zbekistonlik erkakni o‘lasi qilib urgan. Qotil so‘ngra uning rafiqasiga hujum qilgan, biroq ayol qochib ketib, yordam chaqirishga muvaffaq bo‘lgan. Avvalroq Rossiya ichki ishlar vazirligi OAVning general-mayor Volkovning qotillikda gumon qilinib hibsga olingani haqidagi xabarini rad etgandi.        

Biroq ichki ishlar vazirligida Volkov yuqorida aytilgan lavozimni hech qachon egallamagani aytilgan.   

"Bugun politsiyachilar tomonidan qotillik sodir etishda gumon qilinib, avval sudlangan Andrey Volkov hibsga olindi. U avval militsioner lavozimida Sergiyevo-Posad tumani ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi qo‘riqlash bo‘limida ishlagan. Volkov u yerdan 2005 yilda bo‘shatib yuborilgan", deb aytdi Rossiya ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Irina Volk.

 

Mavzuga oid