Qualcomm kompaniyasi yilning birinçi texnologik körgazmasi - CES 2017’da yangi mobil protsessorni taqdim etadi. Bu haqda işlab çiqaruvçi Twitter’dagi rasmiy sahifasida ma'lum qildi. Snapdragon 835 çipseti öz yönalişi böyiça eng kuçli böladi.
Qualcomm Snapdragon 820 va 821 14-nm texnologiya böyiça yaratilgan. Snapdragon 835 ular bilan soliştirganda 30 foiz kamroq joyni egallaydi. Bundan taşqari, yangi protsessorning energiya sarflaş hajmi 40 foizga kam.
Snapdragon 835’ning işlab çiqariş miqdori ham avvalgilarga qaraganda 27 foizga köproqdir.
Uning maksimal taktlaş çastotasi 2,2 GGts.ni taşkil qiladi. Sakkizta yadro Adreno 540 grafika protsessoriga qöşimça tarzda biriktirildi.
Bundan taşqari, yangi çipset Quick Charge 4 tez quvvat oliş texnologiyasiga ega – akkumulyator siğimi 2750 mAs bölgan smartfonni 5 daqiqada 5 soatlik işlaşga möljallab quvvatlantiriş mumkin. U USB-kabel holati va turini aniqlaşi mumkin. Bu esa sifatsiz simlar sabab akkumulyatorga zarar yetişning oldini oladi. Smartfonni qizib ketişdan tört darajali himoya tizimi ajratib turadi.
Kutilişiça, Snapdragon 835 asosida Samsung Galaxy S8, LG G6 va Xiaomi Mi6 yaratiladi.

















