Amazon kompaniyasi tovarlarni saqlaş va yetkazib beriş tizimiga patent arizasini topşirdi. Yangi tizimda dirijabllar va uçuvçisiz qurilmalar qöllaniladi. Bu haqida patent xizmatining saytida ma'lum qilindi.
Amazon dirijabllardan muayyan hududlarga jönatiluvçi u yoki bu tovarlarni saqlovçi ombor sifatida foydalanmoqçi. Uçuvçisiz qurilmalar esa bevosita xaridorlarning öziga mahsulotni yetkazib beradi. Bunday tizim tovar yetkazib beriş vaqtini keskin kamaytiradi.

Dekabr oyi boşida Amazon birinçi marta uçuvçisiz qurilma yordamida xaridorga tovarni yetkazib berdi. Buyuk Britaniyada yaşovçi mijoz televizion pristavka va pop-korn buyurtma qilgandi. Kompaniyada ta'kidlanişiça, u buyurtma rasmiylaştirilgandan 13 daqiqa ötib tovarni qölga kiritişga muvaffaq bölgan.












