Fan-texnika | 13:23 / 29.12.2016
5765
1 daqiqa o‘qiladi
Facebook kishilar nigohini farqlovchi texnologiyani qo‘llaydi
Facebook Daniyaning nigohlarni farqlovchi texnologiya bilan shug‘ullanuvchi startapi The Eye Tribe’ni xarid qildi, deb xabar bermoqda Techcrunch.
Nashrning ta'kidlashicha, The Eye Tribe Oculus virtual reallik maxsus bosh kiyimi (shlem)da VR-texnologiyalarni yaxshilash maqsadida qo‘llaniladi.
Kelishuvning moliyaviy jihatlari oshkor etilmagan.
Ma'lumot uchun, The Eye Tribe qiymati 99 AQSh dollari bo‘lgan hamda kompyuterda ishlashga mo‘ljallangan nigohlarni tanib olish texnologiyasi qurilmasini yaratgan. Shuningdek, smartfonlarda ishlatiluvchi maxsus dasturiy ta'minot ham taqdim etilgan.
Mavzuga oid
12:40 / 12.10.2017
Oculus yangi virtual reallik shlemini taqdim etdi
09:05 / 17.04.2017
AQShda Facebook Live orqali qotillikni amalga oshirgan jinoyatchi qidirilmoqda
12:19 / 02.02.2017
Facebook virtual texnologiyalarni o‘g‘irlagan deb topildi
18:02 / 18.01.2017