Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tsukerberg Oculus’ni xarid qilishga 3 milliard AQSh dollari sarflanganini ma'lum qildi
Facebook asoschisi va rahbari Mark Tsukerberg ZeniMax bilan bog‘liq sud ishida bergan ma'lumotlarida kompaniya Oculus VR startapi uchun umumiy hisobda avvalroq xabar qilingandek 2 milliard emas, balki 3 milliard AQSh dollari to‘laganini ma'lum qildi. Qo‘shimcha 1 milliard xodimlarga mo‘ljallangan to‘lovlar uchun sarflangan, deb yozmoqda Business Insider.
Tsukerberg Dallasdagi sudda Facebook Oculus VR’ga startapni xarid qilish uchun 2 milliard AQSh dollarini naqd pulda berganini aytib o‘tdi. Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoq yana 700 million dollarni menejmentga tovon puli va 300 million dollarni – belgilangan ko‘rsatkichlarni qayd etgani uchun to‘lab berishga rozi bo‘lgan.
Facebook asoschisi Oculus VR bilan bitim dam olish kunlarining o‘zida imzolanganini tasdiqladi – tomonlar juma kuni startapni sotib yuborish haqida kelishib olishgan, dushanba kuni esa barcha kerakli hujjatlarga imzo qo‘yilgan.
Ma'lumot uchun, ZeniMax media-giganti Facebook’ni Oculus VR kompaniyasini noqonuniy ravishda xarid qilishda ayblamoqda. U Oculus Rift virtual reallik ko‘zoynaklarini yaratgan. ZeniMax Media’ning fikricha, dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq Oculus virtual reallik bo‘yicha barcha texnologiyalar ishlanmasini noqonuniy ravishda o‘ziga o‘tkazib olganini yaxshi bilgan holda bu kompaniyani sotib olgan. ZeniMax aynan u virtual reallik ko‘zoynaklarini yaratganini iddao qilmoqda. Oculus esa bosh dasturchi – Jon Karmakni kompaniyaga ishga olib, shu tariqa, intellektual mulkni o‘g‘irlagani aytildi.
Tsukerberg sudda texnologiyalarni o‘g‘irlagani yuzasidan qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, VR-ko‘zoynaklarda ishlatiluvchi barcha texnologiyalar Oculus jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Mavzuga oid
22:19 / 05.09.2025
AQShda Mark Tsukerberg bilan Mark Tsukerberg sudlashadi
18:27 / 18.04.2025
Meta Tsukerbergning xavfsizligi uchun 2024 yilda 14 mln dollar sarfladi
22:38 / 30.01.2025
Meta kompaniyasi Trampga 25 mln dollar to‘lashga rozi bo‘ldi
22:15 / 15.01.2025