Google kompaniyasi ketayotgan yilda AQŞda eng ommabop bölgan avtomobil brendlari röyxatini çop etdi. Bu reyting "Gugl" qidiruv tizimida eng köp qidirilgan avtomobil brendlaridan tuzilgan. Bu röyxatga 10 ta kompaniya kirgan.
2015 yilga nisbatan röyxat ança özgargan. Misol uçun, undan 7 ta avtomobil brendi – Chevrolet, Dodge, General Motors, Lexus, Mazda, Volkswagen va Porsche çiqib ketgan.
Qolgan brendlar orasida Tesla oxirgi örindan 3-öringa, Honda esa 3-örindan 1-öringa, Mercedes-Benz esa 4-örindan 2-öringa kötarilgan. Şu tariqa, avvalgi reytingda qolgan 3 ta brend joriy reytingning yetakçi uçligini hosil qilgan.
Quyida uşbu reyting keltirildi.
1. Honda
2. Mercedes-Benz
3. Tesla
4. Lamborghini
5. Volvo
6. Ford
7. Jaguar
8. Bentley
9. Maserati
10. Rolls-Royce
Ötgan yilgi reytingda AQŞdagi eng ommabop brend Chevrolet, 2014 yilda esa Ford bölgan. 2014 yilgi reytingga Yevropaning bor-yöği bitta avtomobil brendi (BMW) kirgan, 2015 yilgi reytingda esa bunday brendlar uçta bölgan (Porsche, Mercedes-Benz va Volkswagen). 2016 yilgi reytingda esa Yevropa avtomobil brendlari soni 7 tani taşkil qildi.












