Homiladorlikning sönggi uç oyida baliq yoğini iste'mol qiluvçi ayollarda bolani astma bilan tuğiş xavfi kamayadi. Daniyadagi Kopengagen universiteti olimlari şunday xulosaga kelişdi. Tadqiqot natijalari New England Journal of Medicine jurnalida çop etildi. 

Tadqiqotda 736 nafar ayol iştirok etdi. Homiladorlikning sönggi uç oyida ularning yarmi kuniga 2,4 grammdan baliq yoğini iste'mol qilgan, qolgan yarmi esa - platseboni. Baliq yoğini iste'mol qilgan ayollarning farzandlari orasida astmaga yöliqqanlar 17 foizni taşkil etdi, platsebo iste'mol qilgan ayollar orasida esa bundaylar deyarli 24 foizni taşkil qildi. 

Tadqiqot ayollar va bolalarga heç qanday salbiy ta'sir körsatmagan bölsa-da, olimlar homilador ayollarga hozirça baliq yoğini tavsiya qilişmayapti. Bunga tajribada qöllangan doza amerikaliklarning odatiy dozasidan 15-20 barobar köp bölganligi sabab qilib körsatilmoqda. Mutaxassislarning sözlariga köra, tadqiqotni yana bir bor kamroq dozada va homiladorlikning ilk muddatlarida takrorlab köriş kerak.