Har bir yil yakunida ötib borayotgan yil sarhisob qilinadi, undagi ijobiy va salbiy natijalar yana bir bora közdan keçiriladi, baho beriladi. Mazkur tamoyilga rioya qilgan holda Kun.uz tahririyati öz tasnifi böyiça 2016 yildagi köp e'tiborda bölgan kişilar röyxatini tuzişga qaror qildi.

                                    

​​​Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev

Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati

1957 yil 24 iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida şifokor oilasida tuğilgan. Millati – özbek. Oliy ma'lumotli, 1981 yili Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent. Oilali, uç farzandning otasi.

2016 yil 8 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma majlisida parlament palatalarining qöşma qaroriga muvofiq Özbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajariş vaqtinça Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Ş. Mirziyoyev zimmasiga yuklandi.

19 oktabr kuni Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining s'yezdida siyosiy kengaş a'zosi Şavkat Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka tasdiqlaş töğrisidagi qaror qabul qilindi. 2016 yil 4 dekabr kuni bölib ötgan Prezident saylovi yakunlari böyiça saylovçilarning 88,61 foiz ovozi bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2016 yil 14 dekabrda rasman öz vazifasini bajarişga kirişdi.

Mirziyoyev 2016 yil 8 sentabrda mamlakat Prezidenti v.b. lavozimiga kirişganidan respublikada olib borilayotgan islohotlarni izçil davom ettirişda boşqaruvning yangi şakllarini joriy qila boşladi. Xususan, “Virtual qabulxona”ning taşkil etilişi buning yorqin misolidir.  

Bundan taşqari, Ş.Mirziyoyev keng kölamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oşiriş, mamlakatimizni modernizatsiya qiliş va yangilaş, yirik va noyob loyihalarni hayotga joriy etiş, xususiy mulkni ustuvor darajada rivojlantiriş, iqtisodiyotda kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikning uluşini keskin oşiriş hamda ularning huquqiy himoyasini yanada mustahkamlaşda özining yuksak salohiyati va mohir taşkilotçilik qobiliyatini namoyon etmoqda. Şuningdek, Markaziy Osiyodagi qöşni davlatlar bilan yaxşi qöşniçilik va döstona aloqalarni rivojlantiriş böyiça amaliy çoralarni körayapti.