Çiroqçi tumanida yaşovçi fuqaro A.Asadov (ism-familiyalar özgartirilgan) maşinasida Şahrisabz tumanidan qaytarkan, “Tanxoz” postida IIB xodimi unga töxtaş işorasini körsatdi. A.Asadov yöl harakati qoidalarini buzmaganligi sababli köngli xotirjam bölib, maşinasini çetga oldi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Tuman IIB huzuridagi “Qöriqlaş” bölimi militsiya xodimi Z.Şodmonov uning yoniga kelib, nazorat-tekşiruv tadbiri ötkazilayotgani uçun hujjatlarini körsatişni söradi. A.Asadov inspektorning talabiga köra, maşina hujjatlarini uning qöliga tutqazdi. Inspektor hujjatlarni sinçkovlik bilan tekşirarkan, könglidagi niyatini oşkor qilişni istamay turardi. Maşina hujjatlari joyida bölsa-da, haydovçining fuqarolik pasporti yöqligi uning uçun yaxşigina bahona böldi.

-  Fuqarolik pasportingiz yöq ekan, şu sababli maşinangizni jarima maydonçasiga qöyişga majburman.

A.Asadov inspektor bilan uzoq tortişdi. Hatto bu kamçilik uçun uzr ham söradi. Biroq Z.Şodmonov qonunga böysunişini rökaç qilib, aytgan gapida turib oldi.

-  Nahotki bir iloji bölmasa, - dedi A.Asadov IIB xodimi Z.Şodmonovga umidvor ohangda. – Kelişib olsak böladi-ku?!

Z.Şodmonov uçun bu ayni muddao edi. Haydovçining ayni vaqtda hamma narsaga tayyorligini anglab, undan maşinani qaytarib olişi evaziga 300 ming söm berişini aytdi. Haydovçining yonida bunça pul yöq edi, yalinişga tuşdi. Z.Şodmonov “sal yumşab”, 250 ming sömga rozi böldi. A.Asadov çöntagini kavlab, yonidagi 200 ming sömni Z.Şodmonovga uzatdi. Qolgan 50 ming sömni keyin keltirib berişni va'da qildi. ammo inspektor ham anoyilardan emasdi. Haydovçi ketsa, boşqa qaytib kelmasligini yaxşi bilardi. Şu bois 50 ming söm evaziga haydovçining qöl telefonini garovga olib qoldi.

A.Asadov ertasi kuniyoq uning ustidan huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qildi. Z.Şodmonov telefonni olib ketiş uçun kelgan A.Asadovdan 50 ming sömni pora tariqasida olayotgan vaqtda aşyoviy dalil bilan qölga olindi. 

Mazkur holat yuzasidan Z.Şodmonovga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, sud hukmi bilan tegişli jazoga tortildi.