Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni “Özbekiston faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonni imzoladi. 

Xususan, unda Özbekiston milliy teleradiokompaniyasining bir oy muddatda “Mahalla” telekanalida yoşi kattalarga bağişlangan va har kuni namoyiş qilinadigan “Keksalar davrasida” doimiy ruknini taşkil etişi közda tutilgan. 

Şuningdek “Mahalla” telekanalida har oyda “Otalar sözi – aqlning közi” telekörsatuvining bittadan yangi seriyasini tayyorlanişi va namoyiş etilişi ham belgilab qöyildi.

Eslatib ötamiz, mazkur Farmonning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklandi.