Yangi Windows 10 (build 14997) foydalanuvçilari odatiy kök rangning örniga yaşil rangdagi “ölim ekrani”ga duç kelişdi. Bu haqda The Verge yozmoqda.
Ta'kidlanişiça, “kök ekran ölimi” rangini faqatgina tizimning boşlanğiç nusxasiga ega Windows Insider foydalanuvçilarida yaşilga özgartiradi. Bu holat işlab çiqaruvçilarga qaysi operatsion tizim bilan muammolar yuzaga kelganini tuşunişda yordam beradi. Biroq Microsoft nega aynan yaşil rangni tanlagani noma'lumligiça qolmoqda.
“Kök ekran ölimi” Microsoft Windows operatsion tizimlarida undagi yirik xatodan xabardor etadi. Kompaniyada Windows 8 çiqarilişi bilan xatoli ekran ham yangilandi va batafsil texnik ma'lumot örniga yengillaştirilgan yondaşuv qöllandi. U foydalanuvçilarga tuşunarli bölib, “ma'yus jilmayiş” tasviri va kompyuterni öçirib yoqiş kerakligi haqida xabar paydo böladi.
Windows 10’da esa xato kuzatilgan paytda displeyda QR-kod çiqadi. U mutaxassislarga muammo nimada ekanini tuşunişda, oddiy foydalanuvçilarga esa – muammo yeçimini internet orqali topişda yordam beradi.












