Hayotda iş va majburiyatlar şunçalik köpki, hatto vaqtning ötgani ham bilinmaydi. Bunday notinçlikda hissiy va ma’naviy ahvol haqida osongina unutiş mumkin. Lekin baxtli inson böliş uçun doimo ösiş va özgariş zarurdir. Şuning uçun, siz özingiz va hayotingizga nisbatan yaxşi munosabatda böliş uçun 16 ta oddiy qoidalarga rioya qilişga harakat qiling.

 

Bilimingizni oşiring.

1. Tartibli böling.

Agar siz kuningizni töğri taşkil qilsangiz, özingizni xotirjam sezasiz va özingizga nisbatan işonçingiz ham ortadi. Yaxşi maslahat: Eng qiyin va köp vaqt oluvçi vazifalar bilan ertalab şuğullaning. Agar bu işni keyinga qoldiradigan bölsangiz bu yuk sizga tinçlik bermaydi va sizni kayfiyatingizni buzadi.

 

2. Könikmalaringiz ustida işlang va yangilariga ega böling.

Buning uçun, xozirgidan köra yaxşiroq va joy yöq. Gitara çalişni yoki ispança gapirişni örganiş uçun özgaça yoki yuksak bir kunni kutişni hojati yöq. Birinçi qadamni taşlang: gitara sotib oling yoki xorijiy tillarni örganiş uçun röyxatga yoziling. Şunday qilsangiz bir neça yil davomida orzu qilib yurgan tilagingiz tezroq uşaladi.

 

3. Döstlaringiz bilan şartnomalar tuzing.

Agarda xozirni özida sizda musiqa asbobini oliş uçun pul bölmasa yoki kurslar bir oydan söng boşlanadigan bölsa öz harakatsizligingizni bu bilan oqlamang.  Şubhasiz, biror bir döstingiznikida böş va işlatilmay turgan gitara bor bölişi kerak. Yoki sizning döstlaringizdan biri xorijiy tillarni yaxşi biladi. Yordam uçun ularga murojaat qiling va ularga javoban qandaydir yordam qilişni taklif eting.

 

4. Öqing, öqing va yana öqing.

Qanday janrda bölsa ham kitoblar öqing. Iloji boriça köp kitob öqing. Kitoblar sizga dunyoqaraşingizni kengaytirişta yordam beradi, öylantirişga majbur qiladi va sizga real hayotda topib bölmaydigan tajriba beradi. Agar nimadan boşlaşni bilmayotgan bölsangiz, Nobel va Boker mukofoti sovrindorlarining kitoblarini öqişdan boşlang.